Kanadaga biz bilan!

KANADA HAYOTI kanalining rasmiy vebsaytiga xush kelibsiz.

Biz haqimizda
Biz sizning Kanadaga safaringiz, immigratsiyangiz va, hatto, u yerda joylashib olishingizga qadar boʻlgan barcha jarayonlarda yaqindan koʻmaklashamiz.

Diqqat: Biz faqat hujjatlar aniqligini tekshirish, ularni toʻgʻri topshirish va sizni qiziqtirgan masalalar borasida tavsiyalar berishga doir xizmatlar koʻrsatamiz.

Konsultatsiya

$ 150
  • Kanadaga immigratsiya qilish imkonlarini oshirish boʻyicha mutaxassis maslahatini olish
  • Konsultatsiya vaqti - 30 daqiqa
  • Ushbu xizmatdan foydalanganda, "Kanadaga bora olamanmi?" xizmati bepul taqdim etiladi

Visitor Visa

$ 2000
  • Kanadaga 10 yil davomida kirish imkonini beruvchi vizani qoʻlga kiritishda koʻmaklashish
  • Mijoz bilan doimiy aloqada boʻlib, unga yoʻl-yoʻriq koʻrsatish (oyiga maksimum 3 soat konsultatsiya)
  • 6 oy davomida nomzod arizasi holatini kuzatib borish, unga xizmat koʻrsatish va zaruriy holatlarda tezkor harakatlarni amalga oshirish
  • Ushbu xizmatdan foydalanganda, "Kanadaga bora olamanmi?" va "Konsultatsiya" xizmatlari bepul taqdim etiladi

Immigratsiya

$ 3000
  • Kanadada doimiy yashash huquqini olish uchun Express Entry tizimi orqali hujjatlarni topshirishga koʻmaklashish
  • Mijoz bilan doimiy aloqada boʻlib, unga yoʻl-yoʻriq koʻrsatish (oyiga maksimum 3 soat konsultatsiya)
  • 12 oy davomida nomzod arizasi holatini kuzatib borish, unga xizmat koʻrsatish va zaruriy holatlarda tezkor harakatlarni amalga oshirish
  • Ushbu xizmatdan foydalanganda, "Kanadaga bora olamanmi?" va "Konsultatsiya" xizmatlari bepul taqdim etiladi
Kanadaga immigratsiya qilish aksar insonlar uchun uzoq vaqt oladigan va qimmat jarayonga aylanishi mumkin. Ammo koʻngilni choʻktirishga hojat yoʻq, sababi Kanada 2024-yilda 485 ming nafar, 2025-yilda 500 ming nafar va 2026-yilda ham 500 ming nafar insonga doimiy yashash huquqini berishni rejalashtirgan. Bu davlatga immigratsiya qilishni xohlovchilar uchun esa bir necha asosiy yoʻllar mavjud:

1. Express Entry tizimi;
2. Provinsial nomzodlar dasturlari (Provincial Nominees Programms);
3. Biznes immigratsiya;
4. Oilaviy sponsorlik (Family Sponsorship);
5. Qochqinlik yoki siyosiy boshpana olish orqali immigratsiya
Visitor Visa yoki Temprorary Resident Visa (TRV) xorijiy davlatlar fuqarolarining Kanadaga kirishiga imkon beruvchi hujjatdir. Bu hujjatda MDH davlatlarida turist vizasi (turisticheskaya viza) deb ham ataladi.

Oʻzbekiston fuqarolaridan Kanadaga kirishdan oldin ushbu vizani olish talab etiladi.

Siz bu vizani Kanadaga oʻqish/vaqtinchalik ishga borish yoki shunchaki sayohat qilish uchun olishingiz mumkin.

Visitor Visa 10 yil muddatga qadar berilishi mumkin, ammo aniq muddatni vizani ma’qullayotgan immigratsiya xizmati xodimi belgilaydi.

Kanadada joylashgan biror oliygoh oʻqishga kirganingizda yoki ushbu davlatdagi biror kompaniyadan ish taklifi olganingizda, siz avtomatik tarzda mazkur vizani qoʻlga kiritishingiz mumkin.

Qolgan barcha holatlarda Visitor Visa olish uchun mustaqil tarzda yoki ishonchli shaxs orqali ariza topshirishingiz talab etiladi.

Bu vizani qoʻlga kiritganingizdan keyin Kanadaga kirishingiz va olti oyga qadar u yerda boʻlishingizga ruxsat berilishi mumkin. Biroq har bir tashrifning aniq davomiylik muddatini immigratsiya xizmati xodimi belgilaydi.

Kanadada ishlash uchun ruxsat/ish taklifi boʻlmagan hollarda, ushbu viza sizga ishlash huquqini bermaydi.
Express Entry Kanadaga immigratsiya qilishda eng mashhur va ommabop tizim hisoblanadi. Ushbu tizim orqali Kanadaga bormoqchi boʻlganlarga bir qator talablar qoʻyiladi: nomzod oxirgi 10 yil ichida kamida bir yil rasman va toʻliq stavkada ishlagan boʻlishi, ingliz yoki fransuz tilini kamida oʻrta darajada bilishi, umumiy oʻrta taʻlim maktabi darajasidan yuqori taʻlim (masalan, kollej yoki texnikum) olgan boʻlishi lozim.

Ushbu talablarga javob bergan va biror malakaga ega boʻlgan nomzodlar Kanada hukumatining rasmiy portaliga soʻralgan hujjatlarni topshiradi hamda koʻrsatilgan salohiyatiga qarab, nomzodlarga ball beriladi. Umumiy ball: 1,200. Nomzodlar olgan ballari asosida bir-biri bilan quyidagi uch federal dastur doirasida doimiy yashash va ishlash huquqini olish uchun raqobatlashadi:

1. Federal Skilled Worker;
2. Federal Skilled Trades;
3. Canadian Express Class.

Ushbu tizim doirasidagi raqobatda ustunlikka va yuqoriroq ballga ega boʻlish uchun nomzodning imkoniyatlari quyidagicha boʻlishi lozim:

  • 35 yoshdan kichik;
  • Kamida bakalavr yoki magistr darajasiga ega boʻlish;
  • Ingliz yoki fransuz tilini yaxshi bilish (masalan, IELTS testi natijalari 7 dan yuqori boʻlish);
  • Qaysidir sohada kamida uch yillik malakali ish tajribasiga ega boʻlish.
Eslatma: Kanadaga ingliz yoki fransuz tilini mutlaqo bilmasdan turib, immigratsiya qilishning deyarli imkoni yoʻq. Agar bu tillarni bilmasangiz, hozirdanoq til oʻrganishni boshlashni tavsiya qilamiz.

Koʻrib turganingizdek, ushbu tizim orqali Kanadaga immigratsiya qilmoqchi boʻlganlarga yuqori talablar qoʻyilgan. Ayni vaqtda Kanada hukumati 500 dan yuqori ball olgan nomzodlargagina doimiy yashash va ishlash huquqini taklif qilmoqda. Siz bizning Xizmatlar sahifamizdagi "Kanadaga bora olamanmi?" boʻlimida maʻlumotlaringizni kiritib, oʻz imkoniyatingizni tekshirib koʻrishingiz mumkin.
Oʻnta provinsiya va uch territoriyani oʻz ichiga olgan Kanada hududi boʻyicha dunyoda ikkinchi katta davlat hisoblanadi.

Kvebek va Nunavut provinsiyalaridan tashqari har bir provinsiyada oʻziga xos immigratsiya dasturlari ishga tushirilgan. Provinsiyalarning ehtiyoji, sanoat oʻsishi dinamikalari, malakali kadrlar taqchilligi kuzatilayotgan sohalarning oʻziga xosligi va shu kabi faktorlardan kelib chiqib, ushbu dasturlar doirasida nomzodlarga qoʻyiladigan talablar va me'zonlar bir-biridan farq qiladi.

Talab va me'zonlari, koʻrib chiqish muddatlari bir-birinikidan farq qilsada, provinsial dasturlarning ishlash prinsipini quyidagicha tushuntirish mumkin:

* Nomzod oʻzining malakasi, bilimi va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, oʻziga mos provinsial dasturni tanlaydi;
* Soʻng dasturni boshqaruvchi provinsiya tomonidan soʻralgan hujjatlar koʻrsatilgan tartibda yuboriladi;
* Odatda, provinsial dasturlar doirasida nomzodlarni koʻrib chiqish va saralash 6 oydan 2 yilga qadar choʻzilishi mumkin. Dastur doirasida kerakli nomzod tanlanganidan soʻng provinsiya unga doimiy yashash huquqini olishga da'vo qilish huquqini beruvchi sertifikat taqdim etadi;
* Mazkur sertifikatni qoʻlga kiritgan nomzod Express Entry tizimi orqali doimiy yashash huquqi (PR - Permanent Residence) berilishini soʻrab, ariza qoldiradi;
* Mazkur ariza belgilangandan tartibda koʻrib chiqiladi va, agar maʻqullansa, nomzodga Kanadada doimiy yashash va ishlash huquqi beriladi.
* Diqqat: Provincial Nominees Programs (PNPs) doirasida olingan sertifikatlar nomzodga Express Entry tizimida avtomatik 600 ball taqdim etadi. Bu esa doimiy yashash huquqini olish imkoniyatini rad qilib boʻlmaydigan darajaga qadar oshiradi.

Eslatma: Provinsial nomzodlar dasturlarida ishtirok etib, provinsiya hukumati sertifikatini olish Kanadaga immigratsiya qilish imkonini qanchalik kengaytirmasin, bunday dasturlar boʻyicha nomzodlarni koʻrib chiqish muddatlari, odatda, uzoq vaqtga choʻziladi va qoʻyilgan talablar ham anchayin yuqori. Agar siz bunday dasturlar boʻyicha Kanadaga ketishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, u holda oʻzingizga eng mos dasturni tanlash va kerakli hujjatlarni tayyorlash-topshirish jarayonlarida bizning xizmatimizga suyanishingiz mumkin.
  • Alberta, Canada